VIRTUAL MAKONLARNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI
Mualliflar:
Annotatsiya M azkur maqolada virtual makonni huquqiy tartibga solishning dolzarb masalalari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda xalqaro huquqiy standartlar asosida tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqotda virtual muhitda huquq subyektlarining maqomi, raqamli platformalar faoliyatini tartibga solish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish mexanizmlari, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarining huquqiy tabiati yoritiladi. Shuningdek, virtual makonning transchegaraviyligi, anonimlik xususiyati va texnologik vositachilik omili huquqni qo‘llash amaliyotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot yakunida milliy qonunchilikni takomillashtirish, platforma javobgarligini aniqlashtirish, raqamli dalillar institutini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan amaliy takliflar ilgari suriladi. Kalit so'zlar: virtual makon, raqamli huquq, kiberxavfsizlik, platforma javobgarligi, sun’iy intellekt, raqamli yurisdiksiya, inson huquqlari.
