SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA OLIY TA’LIMDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISHNING PEDAGOGIK OMILLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirishga ta’sir etuvchi pedagogik omillarni aniqlash hamda ularning amaliy samaradorligini ilmiy asoslashdan iborat. Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, empirik kuzatuv metodlari qo‘llanildi. Shuningdek, sun’iy intellekt asosida ishlovchi raqamli ta’lim platformalarining funksional imkoniyatlari va ularning o‘quv jarayoniga integratsiyasi o‘rganildi.Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, adaptiv ta’lim tizimlari orqali individual yondashuvni ta’minlash, o‘qituvchilarning raqamli pedagogik kompetensiyasini rivojlantirish hamda real vaqt rejimidagi monitoring mexanizmlarini joriy etish ta’lim sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Sun’iy intellekt vositalari talabalarning bilim darajasini aniq tashxislash va o‘quv jarayonini optimallashtirish imkonini beradi.Tadqiqot natijalarining ilmiy-amaliy ahamiyati oliy ta’limda raqamli transformatsiya jarayonlarini takomillashtirish, o‘qitish metodikasini zamonaviylashtirish hamda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modelini rivojlantirishda namoyon bo‘ladi. Ushbu natijalar kelgusida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqishda metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so'zlar: sun’iy intellekt,oliy ta’lim tizimi,pedagogik omillar,ta’lim sifati,adaptiv ta’lim texnologiyalari,raqamli pedagogika,individual yondashuv,o‘quv jarayonini optimallashtirish,pedagogik kompetensiya,ta’limda raqamli transformatsiya
