SPORT TAKOMILLASHUVI BOSQICHIDA OGʻIR ATLETIKACHILARNI MASHGʻULOT YUKLAMALARINI OPTIMAL NISBATLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada sport mashg‘ulotlarida yuklamalarning sportchi organizmiga ta’siri, yuklama turlari, hajmi, shiddati hamda ularning jismoniy sifatlarni rivojlantirishdagi ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilindi. Shuningdek, og‘ir atletikachilar tayyorgarligida yuklamalarni rejalashtirish, tiklanish jarayonlari, superkompensatsiya holati hamda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalarining samaradorligi yoritib berildi. Tadqiqot davomida mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari qiyosiy o‘rganilib, sport takomillashuvi bosqichida yuklamalarni optimal taqsimlash sport natijalarini oshirishda muhim omil ekanligi asoslab berildi. Kalit so'zlar: mashg‘ulot yuklamasi, og‘ir atletika, jismoniy tayyorgarlik, maxsus kuch tayyorgarligi, tiklanish jarayoni, superkompensatsiya, yuklama hajmi, yuklama shiddati, chidamlilik, tezkor-kuch sifati, sport takomillashuvi, jismoniy mashqlar, sportchi organizmi.
