“KRIPTOGRAFIK USULLAR” FANINI O‘QITISHDA NAZARIY VA AMALIYOT MASHG’ULOTLAR MUVOZANATINI TA’MINLASH: MUAMMOLAR VA PEDAGOGIK YECHIMLAR




“KRIPTOGRAFIK USULLAR” FANINI O‘QITISHDA NAZARIY VA AMALIYOT MASHG’ULOTLAR MUVOZANATINI TA’MINLASH: MUAMMOLAR VA PEDAGOGIK YECHIMLAR


Mualliflar: Gaziyev Quyosh Azamatovich

Annotatsiya Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida “Kriptografik usullar” fanini o‘qitish jarayonida nazariya va amaliyot mashg’ulotlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash masalasi tahlil qilinadi. Kriptografiya kabi murakkab va yuqori matematik asosga ega fanlarda nazariy tushunchalarning ko‘pligi, laboratoriya mashg‘ulotlari uchun texnik resurslarning yetishmasligi, talabalar tayyorgarlik darajasidagi farqlar hamda o‘qituvchilarning amaliy kiberxavfsizlik tajribasi cheklanganligi asosiy muammolar sifatida ko‘rsatiladi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida pedagogik kuzatuv, so‘rovnoma, o‘quv natijalarini tahlil qilish va tajriba-sinov yondashuvlari qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, modul asosidagi o‘qitish, loyiha, muammoli vaziyatlar, simulyatsiya va laboratoriya mashg‘ulotlarini minimal resurslar bilan tashkil etish usullari fan samaradorligini sezilarli oshiradi. Muhokama qismida mazkur yechimlarning didaktik va metodik afzalliklari hamda ularni O‘zbekiston oliy ta’lim tizimiga moslashtirish imkoniyatlari asoslab beriladi. Kalit so'zlar: kriptografik usullar, nazariya-amaliyot muvozanati, laboratoriya mashg‘uloti, loyiha asosida o‘qitish, kiberxavfsizlik, pedagogik yechimlar, kompetensiya.