YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA KIMYOVIY XAVFLI OBYEKTLARDA XAVFSIZLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
Mualliflar: Isoqov Abdurashid Qutbiddinovich
Annotatsiya Ushbu maqolada kimyoviy xavfli obyektlarda avariyalarning yuzaga kelish sabablari, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning inson organizmi va atrof-muhitga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlari hamda ulardan muhofazalanishdagi mavjud muammolarga to‘xtalib o‘tilgan. Shuningdek, ushbu turdagi avariyalarni oldini olishda yo‘riqnomalarning ahamiyati hamda avariya sodir bo‘lganda fuqaro muhofazasi boshliqlarining vakolat va majburiyatlari borasidagi ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Kalit so'zlar: kimyoviy xavfli obyekt, kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda, fuqaro muhofazasi boshlig‘i, xavf, zaharlanish, qutqaruv tuzilmalari, razvedka, shaxsiy himoya vositalari, yo‘riqnoma, muhofaza.
