TILSHUNOSLIKDA LINGVOKULTUROLOGIK DUNYO MANZARASI
Mualliflar: Mamatova Dilafróz Murodilla qizi
Annotatsiya Olam manzarasi bu qadimdan inson tafakkuri hali to’liq yechip bo’lmagan murakkap jumboq hisoblanadi.Olam manzarasi til bilan uzviy bog’liq. Qadimda insoniyat til haqida tushunchaga ega bo’lmagan bo’lsada qndaydir maxsus tovushlar va belgilar asosida o’sha davr madaniyati, urf-odatlari, dini va yashash tarzi haqidagi ma’lumotlarni toshlar, sopol buyumlar va g’orlarga chizilgan suratlar orqali hozirgi kungacha yetip kelgan. Tilshunoslik haqidagi tushuncha o’sha davrlarda bo’lmagan bo’lsada qoyatoshlarga o’yip ishlangan rasmlar va mahsus belgilar o’sha davr madaniyati, yashash tarzi va olam haqidagi tushunchalarni hozirgi davrga yetkazip berdi. Bundan ko’rinip turipdiki olam va til bir-biri bilan uzviy bog’liq. Insoniyat borliqni bilish, uni tushunish va tasvirlashda til asosiy o’rin egallaydi. Shu jihatdan olip qaralganda “olamning lingvomadaniy manzarasi” tushunchasi tilshunoslikda maxsus bir yo’nalish sifatida qaraladi.Olam nihoyasiz murakkab, muhtasham va ayni paytda muntazam voqelikdir; inson bolasi ibtidoiy sezgi organlari va intiho bilmas aqliy zakovati bilan bu murakkablikning tarkibini aniqlashga, bu muhtashamlikning hashamlarini idrok etishga, bu muntazamlik asosidagi mavjud intizomni kashf qilishga tinimsiz urinish mashaqqatidan huzur qilib yashaydi. Kalit so'zlar: olam manzarasi, til, lingvomadaniyat, tilshunoslik, madaniyat, tafakkur, borliq, ramzlar, qoyatosh rasmlari, inson tafakkuri
