YOSH QIZLARNI AYOLLAR KURASHIGA SARALASHDA INTELLEKTUAL (IQ) DARAJASINI ANIQLASH MEXANIZMLARI




YOSH QIZLARNI AYOLLAR KURASHIGA SARALASHDA INTELLEKTUAL (IQ) DARAJASINI ANIQLASH MEXANIZMLARI


Mualliflar: Yakupbaev Alisher Alimbaevich

Annotatsiya Mazkur maqolada yosh qizlarni ayollar kurashiga saralash jarayonida ularning intellektual (IQ) darajasini aniqlash mexanizmlarining ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Tadqiqotda sport seleksiyasining an’anaviy mezonlari bilan bir qatorda sportchilarning intellektual rivojlanish darajasi, mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish hamda e’tibor barqarorligini baholashga alohida e’tibor qaratilgan. Yosh sportchilarni tanlash jarayonini takomillashtirish maqsadida IQ darajasini aniqlashga qaratilgan kompleks baholash mexanizmi ishlab chiqilgan va uning samaradorligi pedagogik tajriba asosida asoslab berilgan. Intellektual ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda amalga oshirilgan seleksiya jarayoni sportchilarning texnik-taktik tayyorgarligini oshirish hamda ularning sport faoliyatida yuqori natijalarga erishish imkoniyatlarini kengaytiradi. Kalit so'zlar: ayollar kurashi, sport seleksiyasi, yosh qizlar, intellektual salohiyat, IQ darajasi, kognitiv qobiliyatlar, qaror qabul qilish, taktik fikrlash.