MILLIY IDENTITETNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIYA VA AMALIYOTDAGI HOLATI
Mualliflar: Sharofiddinov Maxmudjon Mashrabjon o‘g‘li
Annotatsiya Ushbu maqolada milliy identiklikning о‘zak xususiyatlaridan biri bo‘lgan milliy xarakter, mentalitet, uning o‘ziga xos jihatlari, sifatlari ochib berilgan. Milliy identiklikning dinamik xususiyati muayyan bir etnohududiy makonda istiqomat qilayotgan xalq va elatlarda milliy mansublik va o‘zlikni anglash masalalari. Milliy identiklik jarayoni, uni millat qanday tushunishiga bog‘liqligi ochib berilgan. Xotiralardan iborat kollektiv g‘oya yoki o‘zini-o‘zi tasvirlash sifatida milliy identiklik madaniy xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatilgan. Milliy identiklikni shakllantirishda tarix, adabiyot, teatr va filimlarning o‘rni ochib berilgan. Kalit so'zlar: Milliy xarakter, milliy identiklik, etnopedagogika, milliy mentalitet, tarbiya, ijtimoiy g‘oya, madaniyat, qadriyat, etnohudud, milliy an’ana, milliy urf-odat.
