BO‘LAJAK MUHANDISLARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK - PSIXOLOGIK JIHATLARI
Mualliflar: Shokirov Xasanboy Tuychiboy o‘g‘li, Abdullayeva Ozoda Safibullayevna
Annotatsiya Ushbu maqolada Oliy ta’lim tizimining barcha muhandislik yo‘nalishlari talabalarida tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish jarayonining pedagogik-psixologik jihatlari tahlil qilingan. Tanqidiy fikrlashni shakllantirish orqali bo‘lajak muhandislarning axborotni tahlil qilish, solishtirish, baholash, asosli va mustaqil xulosa chiqarish hamda muammolarga (kelgusidagi kasbiy faoliyatlaridagi muammolar ham inobatga olinadi) samarali yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu ilmiy-tadqiqot ishida motivatsiya, tadqiqotga asoslangan ta’lim, muammoli ta’lim, interfaol o‘qitish, loyiha asosida o‘qitish va pedagogik strategiyalar asosida bo‘lajak mutaxassislarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish masalalari yoritilgan. Kalit so'zlar: Oliy ta’lim, tanqidiy fikrlash, bo‘lajak muhandis, psixologik-pedagogik jihatlar, motivatsiya, ijodiy tafakkur, muammoli ta’lim, loyihalash ko‘nikmalari, texnik muammo, ishlab chiqarish.
