TA’LIM PARADIGMALARINI TADQIQ ETISHDA MIKSLI METODOLOGIYA: IMKONIYATLAR VA CHEKLOVLAR




TA’LIM PARADIGMALARINI TADQIQ ETISHDA MIKSLI METODOLOGIYA: IMKONIYATLAR VA CHEKLOVLAR


Mualliflar: Rahimova Dildora Qodirjonovna

Annotatsiya Ushbu maqolada ta’lim paradigmalarini tadqiq etishda miksli metodologiyaning (mixed methods research) qo‘llanilishi, uning imkoniyatlari va cheklovlari ko‘rib chiqiladi. Miksli metodologiya sifatiy va miqdoriy tadqiqot yondashuvlarini maqsadli ravishda uyg‘unlashtiruvchi zamonaviy ilmiy paradigma sifatida taqdim etiladi. Maqolada ta’lim paradigmalarini o‘rganishda miksli yondashuvning ustunliklari — chuqurlik va kenglik, validlik va ishonchlilikni bir vaqtda ta’minlash qobiliyati — ilmiy asoslanadi. Shu bilan birga, ushbu yondashuvning cheklovlari — resurs talab qiluvchanlik, metodologik malaka zaruriyati va paradigmatik qarama-qarshiliklar — ham ob'yektiv tarzda tahlil qilinadi. O‘zbekiston pedagogika fani kontekstida miksli metodologiyani joriy etishning strategik yo‘nalishlari taklif etiladi. Kalit so'zlar: miksli metodologiya, ta’lim paradigmasi, sifatiy tadqiqot, miqdoriy tadqiqot, metodologik triangulatsiya, pedagogika tadqiqotlari, validlik, ishonchlilik, tadqiqot dizayni.