BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING LUG‘AT BOYLIGINI OSHIRISH STRATEGIYALARI




BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING LUG‘AT BOYLIGINI OSHIRISH STRATEGIYALARI


Mualliflar: Azizbek Abdupattayev, Abdug’aniyeva Naima Abdulatif qizi, Boxodirova Durdonaxon Sadritdin qizi

Annotatsiya Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish strategiyalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot davomida lug‘at bilan ishlash, interfaol metodlar, vizual vositalar va innovatsion yondashuvlarning ahamiyati yoritildi. O‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda kontekstual va kommunikativ metodlarning samaradorligi asoslab berildi hamda ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi. Kalit so'zlar: lug‘at boyligi, boshlang‘ich ta’lim, interfaol metodlar, lug‘at bilan ishlash, nutqiy kompetensiya, kontekstual o‘qitish, innovatsion yondashuv.