ZAYIF KO‘RUVCHILARNI SPORTDAGI YUTUQ VA KAMCHILIKLAR TAHLILI
Mualliflar: Ernаzаrov Gʻolibjon Ne’matovich, Xudoyqulova Gulchehra Hamid qizi
Annotatsiya Ushbu maqolada zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz shaxslarning sport bilan shug‘ullanish jarayonidagi yutuqlari va kamchiliklari har tomonlama tahlil qilinadi. Maqolada sportning jismoniy salomatlikni yaxshilash, psixologik barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy integratsiya va reabilitatsiyadagi ijobiy ta’sirlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, mavjud muammolar — maxsus yo‘riqnomalarning yo‘qligi, ilmiy adabiyotlarning metodologik kamchiliklari, ijtimoiy va iqtisodiy to‘siqlar tahlil etilgan. Golbol, 5x5 futbol, para-dzyudo, yengil atletika va suzish kabi adaptiv sport turlari tavsifi berilgan. Xalqaro klassifikatsiya tizimi (B1, B2, B3) va O‘zbekistondagi vaziyat alohida ko‘rib chiqilgan. Maqola yakunida zaif ko‘ruvchilar sportini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan. Kalit so'zlar: zaif ko‘ruvchilar, adaptiv sport, golbol, para-dzyudo, reabilitatsiya, ijtimoiy integratsiya, paralimpik sport, klassifikatsiya tizimi, O‘zbekiston.
