ADABIY TA’LIMDA HAYOTIY KO‘NIKMALARNI GEYMIFIKATSIYA ASOSIDA RIVOJLANTIRISH TA’LIMIY MUAMMO SIFATIDA
Mualliflar: Bobir Tojiboyev
Annotatsiya Hayotiy ko‘nikmalar o‘quvchilarning jamiyatda to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, yaxshi yoki yomon, muhim yoki ahamiyatsiz deb hisoblagan fikrlarni shakllantirishga hissa qo‘shadi. Muhim sanalgan turli xil hayotiy ko‘nikmalarga atrof-muhitga e’tiborli bo‘lish, xatti-harakatlarini boshqarish, o‘zgalarga hamdardlik, hamkorlik, qiyinchiliklarga chidamli bo‘lish, mustaqil fikr bildirish va tashabbus kabilar xos. Hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish o‘quvchilarda o‘z-o‘zini hurmat qilish, bezorilik yoki xurofot kabi hayotdagi muhim o‘zgarishlar va qiyinchiliklarni boshqarishga ham yordamlashadi. Bu ularga maktabda, jamoa yoki umuman jamiyatda o‘z fikrini bildirishga imkon beradi. Mazkur maqolada yuqorida ta’kidlangan masalalarga adabiy ta’lim jarayonida alohida yondashish masalasi o‘z aksini topgan. Kalit so'zlar: hayotiy ko‘nikmalar, geymifikatsiya, intellektual va emotsional rivojlanish, qattiq ko‘nikmalar (hard skills), yumshoq ko‘nikmalar (soft skills), o‘yinlar, ijtimoiy farovonlik, ruhiy xotirjamlik, jismoniy salomatlik.
