TALABALARDA O‘QISH KOMPETENSIYALARINI BADIIY MATNLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI VA LINGVODIDAKTIK ASOSLARI




TALABALARDA O‘QISH KOMPETENSIYALARINI BADIIY MATNLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI VA LINGVODIDAKTIK ASOSLARI


Mualliflar: X.B.Tursunov

Annotatsiya Ushbu maqola zamonaviy ta’lim tizimida o‘qish kompetensiyalari tushunchasi va ularning tarkibiy qismlari haqida ma’lumolart beriladi. O‘qish faqat matnni ovoz chiqarib o‘qish emas, balki axborotlarni idrok qilish, tahlil qilish, baholash hamda yangi bilimlarni qurish vositasi sifatida qaraladi. Shu jihatdan o‘qish kompetensiyalari — bu faqat o‘qish qobiliyati emas, balki axborotli muhitda samarali foydalanish, tanqidiy fikrlash, mantiqiy xulosa chiqarish va bilimlarni amaliyotga tatbiq etish qobiliyatidir. Shu bois badiiy matnlar chet tilni o‘qitish jarayonida talaba uchun haqiqiy til muhitini yaratishda, madaniy kontekstni anglashda va fikrlash doirasini kengaytirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Kalit so'zlar: o‘qish kompetensiyalari, tanqidiy fikrlash, mantiqiy xulosa chiqarish, badiiy adabiyot, tanqidiy o‘qish kompetensiyasi, refleksiya va qo‘llash kompetensiyasi, differensial (individuallashtirilgan) yondashuv