TARIXIY MANBALAR ASOSIDA TALABALARNING AXBOROT-ANALITIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI




TARIXIY MANBALAR ASOSIDA TALABALARNING AXBOROT-ANALITIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI


Mualliflar: Oybek Gʻaniyevich Davlatov

Annotatsiya Ushbu maqolada tarixiy manbalar vositasida talabalarning axborot-analitik kompetentligini rivojlantirishning nazariy asoslari chuqur o‘rganiladi. Raqamli transformatsiya sharoitida talabalarning axborot-analitik kompetentligining dolzarbligi, uning tuzilmasi, tarkibiy qismlari, rivojlanish darajalari va pedagogik mazmuni batafsil tahlil qilinadi. Maqolada kompetentlik yondashuvi, axborot savodxonligi konsepsiyasi va tarixiy manbashunoslikkni o‘z ichiga olgan integrativ nazariy bazasi kengrok tahlil qilinadi. Tarixiy manbalar bilan ishlash jarayoni talabalarning axborotni izlash, yig‘ish, tizimlashtirish, tahlil qilish, tanqidiy baholash va sintez qilish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun noyob didaktik imkoniyatlarni beradi. Kalit so'zlar: axborot-analitik kompetentlik, tarixiy manbalar, raqamli transformatsiya, pedagogik metodika, birlamchi manbalar, tanqidiy fikrlash, ta’lim sifati.