ZAMONAVIY MAKTAB O‘QUVCHILARINI FAN OLIMPIADALARIGA TAYYORLASH METODIKASI




ZAMONAVIY MAKTAB O‘QUVCHILARINI FAN OLIMPIADALARIGA TAYYORLASH METODIKASI


Mualliflar: Azamov Sherzodjon Xusanboy-o‘g‘li

Annotatsiya Yangi O‘zbekiston sharoitida maktab o‘quvchilarini bilish, tushunish va qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularning metakognitiv qobiliyatlarini rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yetarli deya olamiz. Rivojlangan davlatlar ta’lim tizimini o‘rganish orqali ularning ta’lim tizimidagi ijobiy tomonlarini yurtimizdagi maktablar ta’lim tizimiga joriy etish orqali yuqori natijalarga erishish mumkin. Bunday natijalar ko‘rsatishda fan olimpiadalari muhim rol o‘ynaydi. Mazkur ilmiy maqolada Xalqaro matematika olimpiadasiga (IMO) o‘quvchilarni tayyorlashning nazariy asoslari, metodlari va amaliy jihatlari yoritilgan. Unda o‘quvchilarning mantiqiy va ijodiy tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar hamda IMO tipidagi masalalar misol tariqasida keltirilgan. Kalit so'zlar: Xalqaro matematika olimpiadasi, metakognitiv qobiliyat, taksonomiya, iqtidorli o‘quvchilar, muammoli ta’lim, matematik tafakkur, olimpiada masalalari, mantiqiy tafakkur, fikrlash, tushunish, natija.