BOSHLANGʻICH SINFLARDA MUSTAQIL FIKRLASHNI RIVOJLANTIRUVCHI INTERFAOL METODLAR
Mualliflar: Abduganiyeva Maftuna
Annotatsiya Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda interfaol metodlarning ahamiyati akmeologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida o‘quvchining shaxsiy faolligi, ijodiy yondashuvi va intellektual salohiyatini yuksaltirish asosiy maqsad sifatida qaraladi. Interfaol metodlar – “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Insert”, “Bumerang” kabi usullar o‘quvchilarning mustaqil qaror qabul qilish, muammoli vaziyatlarni hal etish va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Akmeologik yondashuv esa shaxsning eng yuqori rivojlanish nuqtasiga erishishiga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonni tashkil etishga imkon beradi. Kalit so'zlar: mustaqil fikrlash, interfaol metodlar, akmeologik yondashuv, boshlang‘ich ta’lim, shaxs rivoji, ijodkorlik, pedagogik texnologiya.
