MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARIDA MUSIQAVIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI
Mualliflar: Ibragimov Abdupatto Axmadjonovich
Annotatsiya Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida musiqaviy dunyoqarashni shakllantirishning metodologik asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari o‘z aksini topgan bo‘lib, unda musiqa rahbarlarining qo‘shiq kuylash qoidalari va qanday uslublardan foydalanishi borasida so‘z yuritilgan. Tadqiqotda musiqiy tarbiyaning shaxs kamolotidagi o‘rni, bolalarda estetik did, musiqiy idrok, ritm va ohangni his etish qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, musiqaviy faoliyatning asosiy shakllari - tinglash, kuylash, musiqaga mos harakat qilish va elementar cholg‘u asboblarida ijro etish jarayonlarining pedagogik imkoniyatlari ochib berilgan. Kalit so'zlar: musiqaviy dunyoqarash, fortepiano, kuylash, musiqa, ovoz, ijro, koʻnikma, tarbiya.
