INKLYUZIV TA’LIM KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA DEONTOLOGIK YONDASHUVNING FALSAFII-PEDAGOGIK ASOSLARI
Mualliflar: Xolmatova Saidaxon Voxobjonovna
Annotatsiya Ushbu maqola bo‘lajak pedagoglarning inklyuziv ta’lim kompetensiyasini rivojlantirishda deontologik yondashuvning falsafiy va pedagogik asoslarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslashga bag‘ishlangan. Tadqiqotda inklyuziv ta’limning insonparvarlik prinsiplari hamda pedagogik deontologiyaning kasbiy burch va axloqiy mas’uliyat g‘oyalari sintez qilinadi. Inklyuziv ta’lim kompetensiyasini deontologik yondashuv asosida shakllantirish – bu har bir o‘quvchining ta’lim olish huquqini hurmat qilish, individual ehtiyojlariga moslashish va shu jarayonda kasbiy-axloqiy tamoyillarga qat’iy rioya qilishga qodir bo‘lgan pedagogning yuqori darajadagi kasbiy tayyorgarligi sifatida ta’riflanadi. Maqolada ushbu kompetensiyaning gumanistik, axloqiy burch, adolat va pedagogik prinsiplari batafsil tahlil qilingan. Konsepsiyani oliy pedagogik ta’lim jarayoniga integratsiya qilish zaruriyati asoslangan. Kalit so'zlar: inklyuziv ta’lim, deontologiya, kompetensiya, pedagogik deontologiya, kasbiy etika, pedagogik burch, axloqiy mas’uliyat, falsafiy asoslar, pedagogik asoslar, oliy pedagogik ta’lim.
