RAQAMLI SUVERENITET PARADIGMASI SHAROITIDA SHAXSIY MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISH KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Mualliflar: Mukaramov Tohir Tojiboyevich
Annotatsiya Mazkur maqolada raqamli suverenitet sharoitida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalasini ta’lim tizimiga integratsiya qilishning pedagogik asoslari yoritilgan. Talabalarda axborot xavfsizligi madaniyati, huquqiy ong va kiberxavfsizlik kompetensiyalarini shakllantirish zarurati ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar, case-study va loyiha asosida o‘qitish usullari taklif etilgan. Kalit so'zlar: pedagogik yondashuv, raqamli savodxonlik, axborot xavfsizligi madaniyati, shaxsiy ma’lumotlar, kiberxavfsizlik kompetensiyasi, ta’lim texnologiyalari.
