PEDAGOGLARNING ASAB TIZIMI KASALLIKLARI:ZAMONAVIY TAHDIDLAR VA SAMARALI PROFILAKTIKA CHORALARI
Mualliflar: Kamalova Yoqutxon Bahadirovna, Aliyeva Muharramxon Hakimjonovna
Annotatsiya Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim sharoitida pedagoglarning asab tizimi kasalliklariga olib keluvchi omillar – ish yuklamasining ortishi, raqamli texnologiyalardan intensiv foydalanish, ijtimoiy bosim va pandemiya ta’siri – chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida so‘rovnoma, intervyu va eksperiment usullari qo‘llanilib, o‘qituvchilarning stress darajasi, ruhiy charchoq va jismoniy holati aniqlanadi. Olingan natijalar asosida, ish yuklamasini optimallashtirish, psixologik yordam xizmatlarini rivojlantirish, sport va jismoniy mashqlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, raqamli texnologiyalardan me‘yorida foydalanish kabi samarali profilaktika choralari ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari pedagoglarning asab tizimini mustahkamlash, stressni kamaytirish va ta’lim tizimi sifatini oshirishga qaratilgan strategik tavsiyalarni taqdim etadi. Ushbu maqola, pedagog salomatligini yaxshilashga qaratilgan innovatsion yondashuvlar va tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishda asosiy ilmiy manba sifatida xizmat qiladi. Kalit so'zlar: pedagog, asab tizimi kasalliklari, stress, burnout sindromi,psixologik yordam, raqamli texnologiyalar, profilaktika choralari, ish yuklamasi, ruhiy salomatlik, autotrening, meditatsiya.