BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA O‘QITISH JARAYONIDA O‘QUVCHILARNING MANTIQIY FIKRLASHINI O‘STIRISH
Mualliflar: Uzoqboyev Xojiakbar Qobuljon o‘g‘li
Annotatsiya Boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini o‘stirish zamonaviy pedagogikaning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, shu bosqichda shakllanadigan fikrlash jarayonlari keyingi bilimlarni o‘zlashtirishning poydevorini tashkil etadi. Mazkur maqolada mantiqiy fikrlash tushunchasining mazmun-mohiyati, uning boshlang‘ich ta’limdagi o‘rni, matematik tayyorgarlik va kognitiv rivojlanish bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Mantiqiy masalalar, muammoli vaziyatlar, modellashtirish, o‘yin texnologiyalari va kombinatorik yondashuvlar asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilar tafakkurining tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish, ketma-ketliklarni aniqlash va xulosa chiqarish kabi komponentlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutishi asoslab beriladi. Shuningdek, o‘qituvchining metodik mahorati, darsni variativ tashkil etish, differensial yondashuvlar va raqamli ta’lim resurslaridan samarali foydalanish mantiqiy fikrlashni shakllantirishning asosiy omillari sifatida talqin etiladi. Kalit so'zlar: Boshlang‘ich ta’lim, matematika, mantiqiy fikrlash, innovatsion metodlar, kompetensiya, tafakkur, bilish jarayoni, interfaol metodlar, pedagogik texnologiya, ijodiy rivojlanish, mustaqil fikrlash, o‘quv strategiyalari, mustаqil fikrlаsh.
