ZAMONAVIY OLIY TA’LIMDA FALSAFA FANINING MA’NAVIY-MA’RIFIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Mualliflar: Abdullayev Akmal Nasriddinovich
Annotatsiya Ushbu maqola zamonaviy oliy ta’lim muassasalarida falsafa fanining talabalarda ma’naviy-ma’rifiy kompetensiyalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirishga bag‘ishlangan. Tadqiqot jarayonida falsafa ta’limining ma’naviy rivojlantirishdagi roli, pedagogik yondashuvlar, interaktiv metodlar va innovatsion texnologiyalar tahlil qilindi. Shuningdek, maqolada xorijiy va mahalliy ilmiy tadqiqotlar asosida metodologik yondashuvlar ishlab chiqildi va ularning samaradorligi baholandi. Kalit so'zlar: Falsafa ta’limi, ma’naviy-ma’rifiy kompetensiya, oliy ta’lim, pedagogik metodika, interaktiv texnologiyalar, innovatsion yondashuv, talaba ma’naviyati.
