TARIXIY YONDASHUV ASOSIDA PEDAGOGIK MEROSDAN FOYDALANISHNING BOʻLAJAK PEDAGOGLARNING KASBIY TAYYORGARLIGIGA TA’SIRI
Mualliflar: Zafarbek Abdullayev
Annotatsiya Ushbu maqolada pedagogik merosni tarixiy yondashuv asosida o‘rganishning bo‘lajak pedagoglarning kasbiy tayyorgarligiga ta’siri tahlil qilinadi. Tarixiy yondashuvning mazmun-mohiyati ochib berilib, u orqali pedagogik fikr rivojining bosqichlari, ilg‘or tajriba va qadriyatlarning zamonaviy ta’limga integratsiyalashuvi yoritiladi. Muallif pedagogik merosning kasbga bo‘lgan hurmatni oshirish, milliy qadriyatlar asosida faoliyat yuritishni shakllantirish, metodik va ijodiy ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi o‘rnini asoslab beradi. Maqolada shuningdek, tarixiy tajribani o‘rganish orqali pedagogik tafakkurning boyitilishi, kasbiy o‘zlikni anglash va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarining shakllanishi ta’kidlanadi. Xulosa qismida esa, ushbu yondashuvni ta’lim tizimida samarali qo‘llash bo‘lajak pedagoglar tayyorgarligi sifatini oshirishda muhim omil ekani qayd etiladi. Kalit so'zlar: pedagogik meros, tarixiy yondashuv, bo‘lajak pedagog, kasbiy tayyorgarlik, milliy qadriyatlar, ta’lim tarixi, metodik ko‘nikmalar, ijodiy fikrlash, pedagogik tafakkur, innovatsion yondashuv.
