SALOMATLIGINI YAXSHILASH MAQSADIDA JISMONIY MADANIYAT BILAN SHUG‘ULLANUVCHI ODAMLAR GURUHI OZODORLIGI DINAMIKASI
Mualliflar: Мамирова Диларам Тавакуловна
Annotatsiya Maqola aholining salomatligi va ommaviy sport tadbirlarining organizmga ta’siri borasidagi mahalliy va jahon tajribasini tahlil qiluvchi kompleks tadqiqotdan iborat. Unda shaxsning estetik, ijtimoiy-psixologik va sotsiokultural omillar prizmasi orqali anglanadigan fenomen sifatidagi konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Inson salohiyati nazariy qarashlar hamda empirik tahlil asosida yoritiladi, milliy-ma’naviy asosga tayangan holda ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish metodologiyasi o‘rganiladi va ommaviy madaniyatning turli paradokslari ochib beriladi. Maqolaning asosiy vazifasi – milliy tizim asosida aholining sog‘lig‘ini boshqarish samaradorligini oshirish yo‘llarini ko‘rsatish, professional o‘sish va mehnat sifatini rag‘batlantirishdan iborat. Tadqiqot doirasida sog‘lomlashtiruvchi va ommaviy sport tadbirlarining inson organizmiga ta’siri tahlil qilingan. Kalit so'zlar: profilaktika, ommaviylik, o‘zini takomillashtirish, jalb etish, tayyorgarlik, metodologiya, aholi, mutaxassis, inson salohiyati.
