TABIIY FANLARNI OʻQITISHDA FIZIK BILIMLARDAN FOYDALANISH ORQALI OʻQUVCHILAR EKOLOGIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING OʻZIGA XOS TOMONLARI
Mualliflar: Karimov Abdurahmonjon Ma’rufjon oʻgʻli
Annotatsiya Ushbu maqolada oquvchilarning tabiiy fanlarni o‘rganish orqali atrof-muhitini chuqur anglashlari, bu esa boshqa fanlarni oʻrganishda nazariy asos boʻlishiga toʻxtalib oʻtilgan. “Tabiiy fanlar” fanidagi fizikaga oid bilimlarni ekologiya fani bilan bogʻlab oʻqitish hozirgi kun global ekologik muammolari, insoniyat faoliyatining barcha sohalarida dolzarb masalalardan boʻlib borayotganligi va ular oqibatlarini toʻgʻri anglashga, muammolar oldini olishga oʻrgatar ekan. Umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfida fizik bilimlarni fanlararo oʻqitish orqali oʻquvchilarning ekologik tafakkurini rivojlantirish, fizik bilimlar orqali tabiiy fanlarni oʻqitishda ekologik bilimlaridan foydalanish dars samaradorligini oshirishi va mustahkamlashi koʻrsatib berilgan. Shuninhdek, fizik bilimlarni fanlararo oʻqitish orqali oʻquvchilarning ekologik tafakkurini rivojlantirish, bu borada olib borilayotgan izlanishlar natijalari va ularning amaliyotga tatbiqi va oʻquv fanlari mazmunini integratsiyalash va muvofiqlashtirish olamni ilmiy tushunish uchun mustahkam poydevor boʻlishi bayon etilgan. Yuqoridagi kabi taʼlim amaliyotida mashg‘ulotlarni о‘tkazish, yangi material mazmuniga mos holda metodlar tanlash, keyin о‘quvchilarning mustaqil ishlashlarini tashkil etish uchun masala va savollar yoki topshiriqlar tuzib, ulardan darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanib borish kerakligi tavsiya etilgan. Kalit so'zlar: tabiiy fanlar, taʼlim tizimi, uzviy boʻgʻliqlik, atrof - muhit, fizika, fizik bilimlar, ekologik muammolar, fanlararo oʻqitish, ekologik tafakkur, ekologik ta’lim va tarbiya.
