IMKONIYATI CHEKLANGAN O‘QUVCHILARDA JISMONIY TARBIYA TIZIMINI TAKOMILLASHTIRSHNING NAZARIY ASOSLARI
Mualliflar: Holmirzayev Behzod Jamoliddin o‘g‘li
Annotatsiya Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirishning nazariy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida mahalliy va xorijiy adabiyotlar, Prezident farmon va qarorlari, ilmiy maqolalar hamda amaliy tajribalar o‘rganildi. Inklyuziv ta’lim sharoitida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilarda jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirish uchun moslashtirilgan mashqlar, innovatsion texnologiyalar va pedagogning kasbiy kompetensiyasi muhim omil ekani aniqlangan. Xorijiy tajribalar tahlili jismoniy tarbiya jarayonida individual yondashuv, taktil belgilar, ovozli yo‘riqnomalar va ko‘makchi mutaxassislar ishtirokining samaradorligini tasdiqlaydi. Tadqiqot natijalari asosida inkluziv jismoniy tarbiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha nazariy xulosalar va amaliy takliflar ishlab chiqildi. Kalit so'zlar: Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar, jismoniy tarbiya, inkluziv ta’lim, maxsus mashqlar, innovatsion texnologiyalar, moslashtirilgan dastur, ko‘zi ojiz o‘quvchilar, jismoniy tayyorgarlik, pedagogik kompetensiya, inklyuziv jismoniy tarbiya tizimi.
