SUN’IY INTLEKTDAN FOYDALANGAN HOLDA YOSH YUNON-RIM KURASHCHILARIGA TEXNIK HARAKATLARNI O'RGATISH USLUBIYATI




SUN’IY INTLEKTDAN FOYDALANGAN HOLDA YOSH YUNON-RIM KURASHCHILARIGA TEXNIK HARAKATLARNI O'RGATISH USLUBIYATI


Mualliflar: Tursunov Shoxboz Ilg‘orjon o‘g‘li

Annotatsiya Mazkur maqolada sun’iy intellekt vositalaridan foydalanib yosh yunon-rim kurashchilariga texnik harakatlarni o‘rgatish metodikasi yoritilgan. Tadqiqotda sportchilarning individual morfofunksional ko‘rsatkichlari hisobga olingan holda mashg‘ulot jarayoniga innovatsion texnologiyalar joriy etishning afzalliklari ko‘rsatib beriladi. Sun’iy intellekt asosidagi dasturlar yordamida texnik harakatlarni tahlil qilish, xatoliklarni aniqlash va real vaqt rejimida tavsiyalar berish imkoniyatlari ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, tajribaviy mashg‘ulotlarda an’anaviy usullar bilan solishtirma tahlil olib borilib, sun’iy intellektdan foydalanish sportchilarning texnik tayyorgarligini samarali rivojlantirishi aniqlangan. Kalit so'zlar: Sun’iy intellekt, yunon-rim kurashi, texnik harakatlar, sport metodikasi, innovatsion texnologiyalar, mashg‘ulot samaradorligi, raqamli tahlil.