TURLI EKOLOGIK SHAROITLARDA YASHAYOTGAN FARG‘ONA VODIYSI O‘QUVCHILARINING JISMONIY ISH TA’SIRIDA TERMOREGULYATSIYASINING BOSHQARILISHI
Mualliflar: Ernаzаrov Gʻolibjon Ne’matovich, To‘xtasinova Zarifaxon Muxamadjonovna
Annotatsiya Tadqiqotdan maqsad Farg'ona vodiysining turli ekologik sharoitlarida yashayotgan o‘quvchilarining jismoniy ish ta’sirida termoregulyatsiyasining boshqarilishini aniqlash. Tadqiqotda Fargʻona vodiysining uch xil iqlim-ekologik hududida (Fargʻona shahri, Quvasoy, Vodil hududida) yashovchi 3-, 8- va 10-sinf oʻquvchilarning jismoniy yuklamasligini termoregulyatsiya qilish oʻrganildi. Tadqiqot metodini o‘tkazishda har bir hududdan yoshga ko'ra 3, 8- va 10-sinf o‘quvchilaridan 20 nafardan (jami n =180) o'quvchi jalb etilib, standart yengil yugurish mashqlari oldidan va undan keyin yurak urish tezligi, nafas olish tezligi, ichki tana harorati, teri harorati va ter ajlishi kabi ko'rsatkichlar uch bosqichda o'lchandi. Jismoniy yuklama (5 daqiqa yugurish) oldidan, darhol so'ng va 10 daqiqa tiklanishdan keyin qayd etildi. Yurak urish tezligi (YUT) 1 daqiqadagi urinishlar soni bo‘yicha aniqlanib, buning uchun har bir ishtirokchiga “Polar” yurak urishi monitori taqildi va har bir bosqichda uning ko‘rsatishi yozib olindi (zarur hollarda qo‘shimcha ravishda 15 soniya davomida bilak arteriyasida puls sanaldi va 4 ga ko‘paytirildi). Nafas olish tezligi (NCh) - 1 daqiqadagi nafas olgan-sonni (ko‘krak qafasi harakatlarini hisoblash orqali). Tana harorati o‘quvchining og‘iz bo‘shlig‘i ostida elektron termometr yordamida o‘lchanib, ichki tana harorati sifatida qabul qilindi. Teri harorati esa chap bilak terisiga o‘rnatilgan “Testo” portativ elektron termodatchik orqali aniqlanib, tashqi (periferik) teri harorati sifatida qayd etildi.. Mazkur usul terining bug‘lanish yo‘li bilan yo‘qotilgan namligini ham qisman qamrab oladi. Sinovlar orasida o‘quvchilarga ovqat va ichimlik iste’mol qilmaslik, jismoniy harakatni cheklash talab qilindi. Kalit so'zlar: Farg‘ona vodiysi, termoregulyatsiya, jismoniy yuklama, iqlim sharoiti, yurak urish tezligi, tana harorati, ter ajralishi, moslashuvchanlik.
