KOUCHING YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK BIOLOGIYA O‘QITUVCHILARINING KASBIY PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Mualliflar: To‘ychiyeva Gulxayo Muxammadaminovna
Annotatsiya Ushbu maqolada kouching yondashuvi asosida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish masalasi o‘rganilgan. Kouchingning nazariy asoslari, hozirgi pedagogik ta’limdagi muammolar va taklif etilgan innovatsion model tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari bo‘yicha, kouching orqali talabalar refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirish va amaliy faoliyatga tayyorlash samaradorligi oshirilishi mumkinligi isbotlangan. Taklif etilgan metodika O‘zbekiston oliy ta’lim tizimiga moslashtirilgan bo‘lib, empirik ma’lumotlar asosida tasdiqlangan. Tadqiqot Namangan, Qarshi va Nizomiy nomidagi universitetlarda o‘tkazilgan bo‘lib, jami 444 nafar talaba ishtirok etgan. Kalit so'zlar: kouching yondashuvi, biologiya o‘qituvchilari, pedagogik tayyorlash, metodika takomillashtirish, refleksiya, innovatsion model.
