YARIMO’TKAZGICHLAR FIZIKASIGA OID GRAFIK MASALALARNING TALABALARNI KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Mualliflar: Babaxodjayev U.S., Nabiyev A.B.
Annotatsiya Maqolada “kreativ” va “kreativlik” tushunchalarining ta’lim jarayoniga kirib kelishi, o‘qituvchi va talabalarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish muammolari ko‘rib chiqilgan. Yarimo‘tkazgichlar fizikasidagi nochiziqli elementlar asosida yechiladigan masalalar orqali talabalar kreativ fikrlashga o‘rgatiladi. O‘qituvchilarga esa kreativ pedagogika asosida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so'zlar: kreativlik, kreativ pedagogika, yarimo‘tkazgichlar fizikasi, nochiziqli elementlar, volt-amper xarakteristika, ta’lim, ijodiy yondashuv
