TOG‘ CHANG‘ICHILARINING HARAKATLANISH TEXNIKASI BOSQICHMA-BOSQICH TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY ASOSLARI
Mualliflar: Jo‘rayev Ibrohim Bohodir o‘g‘li
Annotatsiya Maqolada tog‘ chang‘ichilarining harakatlanish texnikasini bosqichma-bosqich takomillashtirishni ilmiy asoslashga qaratilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Harakat ko‘nikmalarini shakllantirish qonuniyatlari, harakat fazalarining biomexanik xususiyatlari va texnikani barqarorlashtirishning sensomotor mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Maxsus ishlab chiqilgan mashqlar majmuasini o‘z ichiga olgan pedagogik tajriba ma’lumotlari keltirilgan. O‘rgatishning bosqichli tuzilmasi harakatlar aniqligini, muvozanat turg‘unligini va tezkor-kuch harakatlari samaradorligini oshirishga yordam berishi aniqlangan. Kalit so'zlar: tog‘ chang‘isi sport turi, harakat texnikasi, sensomotorika, biomexanika, koordinatsiya, bosqichma-bosqich o‘rgatish.
