FANLARARO ALOQADORLIK ASOSIDA FIZIKA OʻQITISH JARAYONINI TASHKIL ETISH




FANLARARO ALOQADORLIK ASOSIDA FIZIKA OʻQITISH JARAYONINI TASHKIL ETISH


Mualliflar: Boyturayeva Gulbahor Kamoliddin qizi, Zaxidov Ibroximjon Obidjonovich, Alijanov Dilmurod Azamjon oʻgʻli

Annotatsiya Yetakchi pedagogik tadqiqotlarga ixtisoslashgan markazlarda amalga oshilayotgan ishlar eʼtirof etilgan holda fanlararo aloqadorlik asosida o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirish masalalariga etibor qaratilgan boʻlib, mashhur olimlarning ilmiy-metodik ishlari fanlararo aloqadorlikka bergan taʼriflari ushbu maqolada oʻrganib chiqilgan. Fanlararo ta’lim konsepsiyalari, didaktik va metodik yondashuvlar tahlil qilinib, ularning fizika darslarida qo‘llanilishi o‘rganilgan va tadqiqot natijalariga ko‘ra uning taʼrifi hamda fanlararo aloqadorlik asosida oʻqitish jarayonini tashkil etish sxematik koʻrinishi berilgan. Fizikani fanlararo aloqadorlik asosida oʻqitish samaradorligini oshirishning axborot-metodik taʼminoti va “Tabiiy fanlar” fani orqali oʻrganilgan fizik bilimlar va ularni fanlararo aloqadorligini taʼminlash, oʻquvchilarning olgan bilimlari kelajakda kasb tanlashlarida yordam berishi, pedagogik jarayondagi integratsiya intensivligini oshirish boʻyicha fizik bilimlarni turdosh fanlar bilimlari bilan tushuntirish orqali oʻquvchilarda ilmiy xabardorlik kompetensiyasini rivojlantirish va uning oʻqitish samaradorligini oshirish fanlar integratsiyasi asosida takomillashtirish haqidagi tajribalari yoritilgan. Fizika fanini boshqa tabiiy va aniq fanlar bilan integratsiyalash orqali o‘quvchilarning bilish faolligi va fizik tafakkuri rivojlanishi ta’lim jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilish imkonini berishi, olingan ilmiy natijalar asosida fizika ta’limining sifatini oshirishi, olib borilgan tajriba - sinov ishlarining matematik taxlili va erisilgan samaradorlik bayon etilgan. Kalit so'zlar: pedagogik tadqiqotlar, oʻqituvchi, oʻquvchi, fanlararo aloqadorlik, fanlararo ta’lim, fizika kursi, о‘quv materiallari, tabiat hodisalari, oʻquv jarayoni, maqsad, fanlararo aloqadorlik asosida oʻqitish, jarayonni tashkil etish, tajriba - sinov, samaradorlik