O‘RTA MASOFALARGA YUGURUVCHILARNI KO‘P YILLIK TAYYORGARLIGI JARAYONIDA TAKTIK HARAKATLARNI QO‘LLASH SAMARADORLIGI
Mualliflar: Ummatov Nozim Raimjonovich
Annotatsiya Ushbu maqolada sport takomillashuv bosqichida shug‘ullanayotgan o‘rta masofaga yuguruvchilar uchun ishlab chiqilgan taktik tayyorgarlik metodikasining turli yo‘nalishlarda qo‘llash tajribalari hamda ularning sport natijalariga ta’sir etish darajasi ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari taktik tayyorgarlikning samaradorligini oshirish, musobaqa faoliyatini optimallashtirish va sportchining individual xususiyatlariga mos yondashuvni shakllantirish imkonini beradi. Kalit so'zlar: Jismoniy tayyorgarlik, o‘rta masofaga yugurish, ko‘p yillik tayyorgarlik, mashg‘ulot, texnik-taktik tayyorgarlik, sportchilar
