UZOQ MASOFAGA YUGURUVCHI SPORTCHILARNING CHIDAMLILIK SIFATINI OSHIRISHDA STATIK MASHQLARNI QO‘LLASH TEXNOLOGIYASI




UZOQ MASOFAGA YUGURUVCHI SPORTCHILARNING CHIDAMLILIK SIFATINI OSHIRISHDA STATIK MASHQLARNI QO‘LLASH TEXNOLOGIYASI


Mualliflar: Ummatov Nozim Raimjonovich

Annotatsiya Mazkur maqolada uzoq masofaga yuguruvchi sportchilarning chidamlilik sifatini rivojlantirishda statik mashqlarni qo‘llash texnologiyasi ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqotda statik mashqlarning yurak-qon tomir tizimi faoliyatiga, mushaklarning izometrik kuchlanish darajasiga va organizmning energiya almashinuv jarayonlariga ta’siri tahlil qilindi. Eksperimental natijalar shuni ko‘rsatdiki, mashg‘ulot jarayoniga statik mashqlarni tizimli kiritish sportchilarning umumiy chidamliligini oshiradi, yugurish samaradorligini yaxshilaydi hamda tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi. Maqolada ishlab chiqilgan texnologiya uzoq masofaga yuguruvchilarning tayyorgarligini takomillashtirishda samarali metod sifatida tavsiya etiladi. Kalit so'zlar: chidamlilik, statik mashqlar, uzoq masofaga yugurish, mushak kuchi, yurak-qon tomir tizimi, energiya almashinuvi, pedagogik texnologiya.