BADIIY MATNNI TUSHUNISHDA UMUMIY BILIM FONDINING (EMBODIMENT) AHAMIYATI
Mualliflar: Sultonova Gulbaxor Murtazaxonovna
Annotatsiya Kognitiv lingvistikada inson tafakkuri bilan bog‘liq masalalar tahlil obyekti sifatida o‘rganilar ekan, badiiy matnni anglash, tushunish va sintezlash jarayonlari haqida fikr yuritilishi maqsadga muvofiqdir. Yangi axborotni sintezlash va analiz qilish jarayoni oldingi ma’lumotlar bazasiga qarab amalga oshirilishi va asos bo‘lib xizmat qilishini bildiradi. Jahon kognitiv lingvistlari bu haqida ko‘plab imperik izlanishlar olib borganlar. Badiiy matnda muallif tomonidan taqdim qilinayotgan ma’lumot kitobxon tomonidan umumiy bilim fodi asosida qabul qilinadi va usha axborot asosida yangi konseptlar shakllanadi. Quyidagi maqolada bu fikrlar jahon olimlarining ilmiy izlanishlari bilan kengroq yoritiladi. Kalit so'zlar: umumiy bilim fondi, konseptual ma’no
