BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIGA MATEMATIKANI INNOVATSION VA MNEMONIK METODLAR YORDAMIDA O‘RGATISHNI TAKOMILLASHTIRISH




BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIGA MATEMATIKANI INNOVATSION VA MNEMONIK METODLAR YORDAMIDA O‘RGATISHNI TAKOMILLASHTIRISH


Mualliflar: Sobitova Munavvarxon Mo’ydinali qizi

Annotatsiya Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf oʻqituvchilari uchun matematikani oʻqitishda innovatsion va mnemonik metodlarning uygʻun qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Tadqiqot metodlari sifatida nazariy tahlil, pedagogik kuzatish, eksperimental-amaliy yondashuv va matematik-statistik tahlil qoʻllanilgan. Mazkur yondashuvlar yordamida o‘quvchilarning tezkor hisoblash, xotira va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalaridagi oʻsish ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Misollar orqali “99×23” va “to‘qqiz kartasi” texnikalari keltirilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, innovatsion va mnemonik usullarni uygʻun qo‘llash matematika darslarining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Maqolada o‘qituvchilarga metodik tavsiyalar ham taqdim etilgan. Kalit so'zlar: innovatsion metodlar, mnemonika, matematika ta’limi, boshlang‘ich sinf, ko‘paytirish jadvali, xotira strategiyalari