GEOMETRIYA DARSLARIDA STEREOGRАFIK PROYEKSIYА VА UNING TАTBIQLАRI QO‘LLAB O‘QUVCHILARNING MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH




GEOMETRIYA DARSLARIDA STEREOGRАFIK PROYEKSIYА VА UNING TАTBIQLАRI QO‘LLAB O‘QUVCHILARNING MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH


Mualliflar: Nafasov Ganisher Abdurashidovich, Eshmuratov Abdimannab, Eshkuvatov Kozim

Annotatsiya Ushbu maqolada geometriya fanini o‘qitishda stereografik proyeksiya metodining didaktik imkoniyatlari va uning o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda stereografik proyeksiya asosida fazoviy shakllarni tekislikda tasvirlash jarayonining o‘quvchilarda tahliliy, mantiqiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalariga ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, stereografik proyeksiyaning o‘qitish jarayonida qo‘llanish mexanizmlari, uni modellashtirish va interfaol metodlar bilan uyg‘unlashtirish orqali geometriya darslarining samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari stereografik proyeksiya yordamida o‘quvchilarning fazoviy tasavvurini kengaytirish, mantiqiy tahlil va muammoli vaziyatlarda mustaqil yechim topish qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: stereografik proyeksiya, geometriya ta’limi, fazoviy tasavvur, mantiqiy tafakkur, o‘quv faoliyati, o‘qitish metodikasi, vizual modellashtirish, didaktik imkoniyatlar.