ADABIYOT DARSLARIDA VIRTUAL TA’LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH YO‘LLARI
Mualliflar: Kambarova Saodat Irkinovna
Annotatsiya Ta’limda multimediali o‘rgatuvchi tizimlar, audio va video mahsulotlar, virtual laboratoriyalar, elektron kutubxonalar hamda virtual reallik muhitidagi o‘qitish vositalari o‘quvchilarning o‘quv predmetlari mazmunini o‘zlashtirish, tasavvurlarini kengaytirish, o‘rganilayotgan materialni fanlararo integratsiya asosida tadqiq qilishga yordam beradi. Adabiy ta’limda foydalanish uchun bugun dolzarb sanalayotgan virtual borliq imkoniyatlari axborot texnologiyalari sohasidagi eng so‘nggi yutuqlarni o‘z ichiga qamrab olishi, unda rivojlangan davlatlarning virtual laboratoriya mashg‘ulotlariga doir tajribalaridan unumli foydalanish, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini nazarda tutgan holda ish ko‘rish maqsadga muvofiq. Mazkur maqolada adabiyot darslarida vizual ta’limning gnoseologik va empirik xususiyatlaridan foydalanish masalasi yoritiladi. Kalit so'zlar: Virtual ta’lim texnologiyalari, virtual borliq, virtual muhit, simulyator, interfeys, immersivlik, interfaollik, hissiy-obrazli anglash metodi.
