MUSIQIY ASAR IJROCHILIGIDA HISSIY INTELLEKTNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI
Mualliflar: Xolmirzayeva Zulfizarxon G‘ofur qizi
Annotatsiya ushbu maqolada musiqiy asar ijrochiligida hissiy intellektni shakllantirishning pedagogik mexanizmlari nazariy va amaliy jihatlari batafsil o‘rganilgan. Tadqiqotda hissiy intellektning musiqiy ijro san’atidagi ahamiyati, uning ta’lim jarayonida rivojlantirilishiga ta’sir qiluvchi omillar va pedagogik yondashuvlar tahlil qilingan. Maqolada O‘zbekiston olimlarining musiqiy ta’lim va psixopedagogika sohasidagi ilmiy ishlari, shuningdek, pedagogik treninglar, reflektiv metodlar hamda interaktiv o‘quv texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan mexanizmlar asosiy ilmiy manba sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari hissiy intellekt komponentlarini tizimli shakllantirish orqali ijrochilik ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va pedagogik jarayonda innovatsion yondashuvlarni joriy etish zarurligini ko‘rsatadi. Bu esa musiqiy ta’lim sifatini oshirishga hamda ijro madaniyatini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: hissiyintellekt, pedagogika, musiqiyijro, refleksiya, interaktivlik, innovatsiya, ta’lim texnologiyasi.
