MUSIQA TA’LIMIDA MUSIQA AKSIOLOGIYASINING AHAMIYATI




MUSIQA TA’LIMIDA MUSIQA AKSIOLOGIYASINING AHAMIYATI


Mualliflar: Asraqulova Adiba Nabiyevna

Annotatsiya ushbu ilmiy maqolada musiqa ta’limida musiqa aksiologiyasining pedagogik va metodik ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada musiqa aksiologiyasini o‘quv jarayoniga integratsiyalash orqali o‘quvchilarda estetik did, madaniy qadriyatlarni anglash va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari musiqa asarlarini aksiyologik mezonlar asosida baholash, loyihaviy va ijodiy topshiriqlar orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirish, shuningdek, ularning musiqa faniga bo‘lgan qiziqishini oshirishning samarali yo‘llarini ko‘rsatadi. Maqolada musiqa ta’limida interaktiv va multimediya vositalarini qo‘llashning pedagogik samaradorligi ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari musiqa ta’limini modernizatsiya qilish, aksiyologik yondashuvlarni metodik jihatdan rivojlantirish va o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha ilmiy asos sifatida xizmat qiladi. Kalit so'zlar: aksiologiya, pedagogika, estetik, kompetensiya, metodika, ijodkorlik, musiqashunoslik, integratsiya.