ICHKI YONUV DVIGATELI FANINI O‘QITISHNI RAQAMLI MUHITDA TASHKIL ETISH




ICHKI YONUV DVIGATELI FANINI O‘QITISHNI RAQAMLI MUHITDA TASHKIL ETISH


Mualliflar: Zilola Mamataliyeva Abdulfaiz qizi

Annotatsiya Ushbu maqolada ichki yonuv dvigateli fanini o‘qitish jarayonini raqamli muhitda tashkil etishning didaktik, metodik va boshqaruv jihatlari ilmiy asosda tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish zarurati, muhandislik ta’limi mazmunini modernizatsiya qilish omillari, shuningdek, o‘qituvchining raqamli kompetensiyasini rivojlantirish yo‘nalishlari yoritilgan. Muallif tomonidan ichki yonuv dvigatellari fanini o‘qitishda raqamli platformalar, simulyatorlar, virtual laboratoriyalar va sun’iy intellekt elementlarini qo‘llash samaradorligi baholangan. Maqola yakunida didaktik model va boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: ichki yonuv dvigateli, raqamli muhit, didaktika, metodika, boshqaruv, muhandislik ta’limi, sun’iy intellekt, raqamli kompetensiya.