SUN’IY INTELLEKTNING TA’LIMDAGI AHAMIYATI
Mualliflar: Ibragimova Hilola Bahodirjon qizi
Annotatsiya Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi, uning afzalliklari, imkoniyatlari va yuzaga kelayotgan muammolar yoritilgan. Maqolada SIning o‘quv jarayonini shaxsiylashtirish, adaptiv o‘qitish tizimlari orqali individual yondashuvni ta’minlash, interaktiv va immersiv ta’lim muhitini yaratishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, MagicSchool AI, Eduaide AI, Diffit.me, Curipod, Brisk Teaching va Kialo Edu kabi zamonaviy sun’iy intellekt vositalarining dars rejalashtirish, baholash, tahlil qilish va muloqotni rivojlantirishdagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqotda SIni ta’limga joriy etishda uchraydigan asosiy muammolar — raqamli tafovut, ma’lumotlar maxfiyligi, texnologik tengsizlik va algoritmik tarafkashlik masalalari tahlil etilgan. Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanishda axloqiy tamoyillarga, shaffoflik va javobgarlikka rioya etish zarurligi ta’kidlangan. Xulosa sifatida, SI texnologiyalarini mas’uliyatli va adolatli tarzda qo‘llash ta’limda sifat, tenglik va inklyuzivlikni oshirishga xizmat qilishi qayd etilgan. Kalit so'zlar: sun’iy intellekt, ta’lim tizimi, raqamli tafovut, axloqiy masalalar, shaffoflik, adaptiv o‘qitish, MagicSchool AI, Eduaide AI, interaktiv ta’lim, ma’lumotlar xavfsizligi.
