6–7-SINF O‘QUVCHILARINING IJODKORLIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA INTERFAOL TA’LIM VA AKMEOLOGIK YONDASHUV INTEGRATSIYASI




6–7-SINF O‘QUVCHILARINING IJODKORLIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA INTERFAOL TA’LIM VA AKMEOLOGIK YONDASHUV INTEGRATSIYASI


Mualliflar: Baxriddinov Dostonbek Baxtiyor o‘g‘li

Annotatsiya Mazkur maqolada umumta’lim maktablarining 6–7-sinflarida o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda interfaol ta’lim metodlari va akmeologik yondashuvning o‘zaro integratsiyasi tahlil qilingan. Tadqiqotda ijodkorlikni shakllantirishda o‘quvchilarning shaxsiy faolligini oshirish, o‘z-o‘zini anglash, mustaqil qaror qabul qilish, hamkorlikda o‘rganish jarayonlarining ahamiyati yoritilgan. Akmeologik yondashuv asosida ta’lim oluvchilarning shaxsiy yutuqlarga erishish yo‘llari va o‘qituvchining rahbarlik roli ko‘rsatib berilgan. Kalit so'zlar: ijodkorlik, interfaol ta’lim, akmeologiya, kompetensiya, innovatsion metod, refleksiya, shaxsiy rivojlanish, o‘zini anglash.