BIOLOGIYA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING SOG‘LOM TURMUSH TARZIGA OID KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH
Mualliflar: Inamova Gulnora Umarxanovna
Annotatsiya Ushbu maqolada biologiya darslarida o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarziga oid ko‘nikmalarni shakllantirish masalasi ilmiy asosda o‘rganilgan. Tadqiqotda ta’lim jarayonida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish usullari, pedagogik yondashuvlar va interaktiv metodlar tahlil qilindi. Eksperimental tadqiqot natijalari biologiya darslarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishda samarali ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, sohada ilgari olib borilgan izlanishlar tahlil qilinib, ta’lim jarayonida sog‘lom turmush tarziga oid bilimlarni amaliyotga tatbiq etishning ahamiyati ta’kidlandi. Kalit so'zlar: sog‘lom turmush tarzi, biologiya ta’limi, o‘quvchilarning ko‘nikmalari, pedagogik yondashuv, interaktiv metodlar, ta’lim samaradorligi.
