GIMNASTIKA SPORT TO‘GARAKLARI ORQALI TALABALARNI JISMONIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISHNING SAMARALI USULLARI
Mualliflar: Yakubjonov Ikrom Akramjonovich
Annotatsiya mazkur maqolada gimnastika sport to‘garaklari orqali talabalarni jismoniy tayyorgarligini oshirishning samarali usullari yoritilgan. Tadqiqot davomida talabalar bilan olib borilgan mashg‘ulotlarda gimnastika mashqlarining jismoniy sifatlarni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilindi. Shuningdek, mashg‘ulotlarning tizimliligi, yuklama hajmi va ularning individual xususiyatlarga mosligi baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, gimnastika to‘garaklari orqali olib borilgan muntazam mashg‘ulotlar talabalar kuch, egiluvchanlik, muvozanat va chidamlilik sifatlarini sezilarli darajada rivojlantiradi. Kalit so'zlar: gimnastika, sport to‘garagi, jismoniy tayyorgarlik, talabalar, mashg‘ulot, samaradorlik.
