DASTURCHILARNI TAYYORLASHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK KONSEPSIYALARI
Mualliflar: Bahromova Muhayyo Mansurjon qizi
Annotatsiya Ushbu maqolada dasturchilarni tayyorlashda qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik yondashuvlar - kompetensiyaga asoslangan (competence-based), loyihaga asoslangan (project-based) va dual ta’lim tizimi - chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida uchta yondashuv qiyosiy tahlil qilinib, ularning afzalliklari, kamchiliklari va amaliy qo‘llanilish xususiyatlari o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, bu yondashuvlarni integratsiyalashgan holda qo‘llash eng yuqori samaradorlikka erishish imkonini beradi. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan va pedagogik konsepsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur shartlar belgilangan. Kalit so'zlar: kompetensiyaga asoslangan yondashuv, loyihaga asoslangan ta’lim, dual ta’lim tizimi, dasturchilarni tayyorlash, pedagogik konsepsiyalar, amaliy ko‘nikmalar, IT ta’limi.
