TEXNOKRATIK TA’LIM PARADIGMASI SHAROITIDA TALABALARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK TIZIMI




TEXNOKRATIK TA’LIM PARADIGMASI SHAROITIDA TALABALARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK TIZIMI


Mualliflar: Sultanov Shoxruh Rahmon o‘g‘li

Annotatsiya Mazkur tadqiqot texnokratik ta’lim paradigmasi sharoitida talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning pedagogik tizimini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Tadqiqot maqsadi – raqamli texnologiyalar, loyiha asosli ta’lim va ijtimoiy tashabbuslarni uyg‘unlashtirgan holda, talabalarda fuqarolik ongini shakllantirish va ijtimoiy faolligini kuchaytirishning samarali modelini yaratishdir. Tadqiqot metodlari sifatida adabiyotlar tahlili, sotsiologik so‘rov, kuzatuv, eksperimental ishlar va statistik tahlil usullari qo‘llanildi. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, texnologiyalar bilan boyitilgan ta’lim jarayoni talabalarda ijtimoiy mas’uliyat, hamkorlik, yetakchilik va fuqarolik faoliyatini sezilarli darajada rivojlantiradi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, texnokratik paradigma doirasida ijtimoiy faollikni rivojlantirishning tizimli modeli ishlab chiqildi va uning samaradorligi tajriba asosida isbotlandi. Xulosa qilib aytganda, texnologiyalarga asoslangan pedagogik yondashuv talabalarni nafaqat kasbiy, balki ijtimoiy jihatdan ham yetuk shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: texnokratik ta’lim paradigmasi, pedagogik tizim, ijtimoiy faollik, raqamli texnologiyalar, loyiha asosli ta’lim, fuqarolik ong, talabalar faolligi, oliy ta’lim