SUN’IY INTELLEKT SAVODXONLIGI BO‘YICHA TADQIQOTLARNING ILMIY TENDENSIYALARI VA TA’LIMIY YONDASHUVLARI




SUN’IY INTELLEKT SAVODXONLIGI BO‘YICHA TADQIQOTLARNING ILMIY TENDENSIYALARI VA TA’LIMIY YONDASHUVLARI


Mualliflar: Djalilova Zarnigor Obidovna

Annotatsiya Tadqiqot 2014-2025 yillarda sun’iy intellekt savodxonligini o‘qitish bo‘yicha olib borilgan ilmiy ishlarning bibliometrik tahliliga bag‘ishlangan. Web of Science, Scopus va ScienceDirect bazalaridan 331 maqola PRISMA qoidalari asosida tanlanib, CiteSpace dasturida tahlil qilindi. Natijalar sohada izlanishlar jadal rivojlanib, to‘rtta yo‘nalish va to‘qqizta klaster shakllanganini ko‘rsatdi. Ma’lumotlar savodxonligi, mashinaviy o‘qitish, hisoblash tafakkuri va texnologiyani qabul qilish modeli asosiy mavzular sifatida ajralib chiqdi. Tadqiqot SI savodxonligining fanlararo mohiyatini, ta’limdagi ahamiyatini hamda ijtimoiy-axloqiy oqibatlarini yoritadi. Kalit so'zlar: sun’iy intellekt savodxonligi, ta’lim, bibliometrik tahlil, ma’lumotlar savodxonligi, mashinaviy o‘qitish, hisoblash tafakkuri, texnologiyani qabul qilish modeli.