MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA YOSHLARNING SIYOSIY ONGINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK IMKONIYATLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Mualliflar: Nodirbek Murodov Oybek o‘g‘li
Annotatsiya ushbu maqolada milliy qadriyatlar asosida yoshlarning siyosiy ongini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan pedagogik shart-sharoitlar kompleksi tahlil qilinadi. Tadqiqotda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkiliy-metodologik asoslari, pedagogik texnologiyalar, o‘qituvchilarning professional kompetensiyalari, ta’lim muhiti va o‘quv jarayonini loyihalash tamoyillari keng ko‘lamda ko‘rib chiqiladi. Maqolada an’anaviy va innovatsion pedagogik yondashuvlarning sintezi, milliy qadriyatlarni zamonaviy ta’lim mazmuniga integratsiyalash mexanizmlari, interaktiv va faol o‘qitish metodlari, ta’lim-tarbiya jarayonida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash usullari, oila-maktab-jamiyat hamkorligi tizimi, shuningdek, samarali pedagogik sharoitlarni yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan. Kalit so'zlar: pedagogik sharoitlar, milliy qadriyatlar, siyosiy ong, yoshlar tarbiyasi, ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlar, o‘quv-tarbiya jarayoni, milliy-ma’naviy qadriyatlar, demokratik tarbiya, kompetensiyaviy yondashuv, pedagogik loyihalash.
